Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqardi. 28 noyabrdan boshlab sotuvga qo’yilgan 6900 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarning qariyb 3 mingtasi sotildi. Bu haqda Markaziy bank Spot’ga ma’lum qildi.

4 dekabr holatiga ko’ra O’zbekiston banklaridagi tangalar qoldig’i:

  • Toshkentdagi banklarda (Ipoteka, Trast bank, O’zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Asia Alliance bank, Ipak yuli bank, Orient Finance bank, Infin bank, O’zmilliybank) — 577
  • Buxorodagi banklarda (Hamkor bank, Asia Allience bank) — 403
  • Samarqanddagi banklarda (O'zsanoatqurilishbank, Orient Finance bank) — 381
  • Xorazmdagi banklarda (O'zmilliybank Urganch, Xiva) — 499
  • Namangandagi bankda (Hamkor bank) — 329
  • Farg’onadagi bankda (Trast bank) — 219
  • Sirdaryodagi bankda (O'zsanoatqurilishbank) — 232
  • Surxondaryodagi bankda (Kapital bank) — 205
  • Qashqadaryodagi bankda (Ipoteka bank) — 185
  • Navoiydagi bankda (Ipak yo’li bank) — 172
  • Jizzaxdagi bankda (Aloqa bank) — 250
  • Andijondagi bankda (Hamkor bank) — 205
  • Qoraqalpog’istondagi bankda (Qishloq qurilish bank) — 265

Sotuvga 1994−2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan1 iborat.

Jadvalda tangalar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.