Bir oy davomida fandomat qurilmalari orqali jami 16 581 dona chiqindi idish qabul qilindi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Topshirilgan idishlar:

  • plastik idishlar — 14 899 dona;
  • alyuminiy bankalar — 1289 dona;
  • shisha idishlar — 393 dona.

Qabul qilingan idishlar evaziga foydalanuvchilarga jami 2,41 mln so‘m to‘lab berildi.

Bu har bir idish uchun o‘rtacha 145 so‘m degani.

Fandomatlar

O‘zbekistonda ichimlik idishlarini qabul qiluvchi fandomatlar 2026-yilning 24-sentarbrida ishga tushirildi.

Loyiha agentlik hamda Norvegiyaning chiqindilarni avtomatik yig‘ish va saralash texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi TOMRA kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Aholi plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini maxsus fandomatlarga topshirib, har bir idish uchun 150 so‘m olishi mumkin. Mablag‘ Click elektron hamyoniga o‘tkaziladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar pulni xayriyaga yo‘naltirishi mumkin. Bunda yig‘ilgan idishlarni sotishdan tushgan mablag‘lar xayriya maqsadlari va daraxt ekish tashabbuslariga sarflanadi.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda plastik va shisha butilkalar uchun majburiy depozit joriy etish taklif qilingani haqida yozgan edi.