2026-yil oktabr oyida Toshkentda uy-joy ijarasining median narxi bir xonali kvartira uchun $500, ikki xonali kvartira uchun $650, uch xonali kvartira uchun $800 va to‘rt yoki undan ortiq xonali kvartira uchun $1 000 ni tashkil etdi. Ma’lumotlar kvadro² servisi tomonidan 200 dan ortiq Telegram-kanaldan yig‘ilgan 5 908 ta e’lon tahliliga asoslangan.
Ijara narxlarining eng yuqori median ko‘rsatkichlari Yakkasaroy tumanida qayd etildi: bir xonali kvartira uchun $600, ikki xonali — $800, uch xonali — $1 100 va to‘rt yoki undan ortiq xonali uy uchun $1 500 so‘ralgan. Mirobod tumanida narxlar bir xonali kvartira uchun $520 dan to‘rt va undan ortiq xonali uy uchun $1 300 gacha, Shayxontohur tumanida esa $600 dan $1 200 gacha bo‘lgan.
Ijaraga olish uchun eng arzon hududlar Bektemir va Yangihayot tumanlari bo‘ldi. Bektemirda ikki xonali kvartiraning median ijara narxi $400 ni tashkil etdi. Yangihayotda esa bir xonali kvartiralar $400, ikki xonalilari $450 dan taklif etilgan.
Uch xonali kvartiralar uchun eng past ijara narxlari Sergeli va Yangihayot tumanlarida qayd etildi — har ikkala tumanda ham $550. To‘rt va undan ortiq xonali kvartiralar esa eng arzon Uchtepa tumanida — $600 dan taklif qilingan.
Avvalroq Spot Toshkentda 1,7 mingdan ortiq fuqaroning uyi ommaviy baholashda bozor narxidan past baholangani haqida yozgan edi.
