Toshkentda zargarlik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlanadi. Bu haqda prezident farmonida keltirilgan.

Farmonga binoan “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining buyurtmanomalari asosida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida “Zargarlik buyumlari dizayni"yo‘nalishi bo‘yicha alohida guruhlarni tashkil etgan holda zargarlik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, kasb-hunar kollejlarida zargarlik tarmog‘i mutaxassislari o’qitiladi.

Farmon bilan 2019−2023 yillarda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida, Toshkentda Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji negizida yiliga 200 kg oltin, 1 ming 200 kg kumushdan zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan klaster tashkil etiladi.

2020 yil oxirigacha har bir hududda kamida ikkitadan, Toshkent shahrida esa — kamida 10 ta zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi.