Amerikaning “The Coca-Cola Company” kompaniyasi “NORIN BOTTLERS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Frutto Cola” etiketkasidagi ba’zi belgilar “Coca-Cola” belgilari bilan o‘xshash ekanligini ma’lum qilib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasidan ushbu holatni nohalol raqobat holati sifatida ko‘rib chiqishni so‘ragan, xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.

Ishni ko‘rish jarayonida, Namangan viloyatida joylashgan “NORIN BOTTLERS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Frutto Cola” ichimligi etiketkasidagi ba’zi elementlarning haqiqatan ham “Coca-Cola” tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash ekanligi aniqlandi.

“NORIN BOTTLERS” MCHJga “Coca-Cola” tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanish holatini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Bugungi kunda “NORIN BOTTLERS” MCHJ tomonidan monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasi bajarildi, shuningdek “Frutto Cola” ichimligi uchun yangi etiketka dizayni ishlab chiqildi.