GM Uzbekistan Tracker Premier AT avtomobilini 16 million so‘m chegirma bilan 2 yil foizsiz muddatli to‘lovga olishni taklif qildi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida keltirilgan.

Buning uchun xaridor 128 mln so‘m dastlabki to‘lovni amalga oshirib, qolgan summani 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, endilikda Chevrolet Lacetti avtomobilining 3-pozitsiyasini ham bir yilga foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin.

Buning uchun xaridor avtomobilning 100 mln so‘m dastlabki to‘lovini amalga oshirib, qolgan 28 million so‘mini bir yil davomida foizsiz bo‘lib to‘laydi.

Avtomobilni 1 yil foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilayotgan xaridor avtomobilning moliyaviy xatardan 2% miqdorda, muddatli to‘lov summasining 1% miqdorda sug‘urta badalini to‘laydi. Avtomobilni 2 yil muddatli xarid qilayotgan xaridor esa moliyaviy xatardan 3%, muddatli to‘lov summasidan 2% sug‘urta badalini to‘laydi.

Lacetti avtomobilini 10 iyunga, Tracker Premier AT avtomobilini esa 12 iyunga qadar xarid qilish mumkin.