Ispaniyadan yana ikkita tezyurar poyezd sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi, xabar beradi “O'zbekiston temir yo’llari” matbuot xizmati.

Hujatni imzolash marosimi 2019 yil 30 may kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda “O'zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiya hamda Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligining savdo va investitsiyalar bo’yicha bosh direktori va IKO rasmiy kredit instituti xalqaro biznes bo’limi boshlig’i ishtirok etdilar.

2018 yil iyun oyida O’zbekiston va Ispaniya vazirliklari va idoralari rahbarlari o’rtasidagi kelishuv asisida yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita poyezd, vagonlar (“ekonom” toifadagi), ularning butlovchi qismlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga servis xizmat ko’rsatish uchun uskunalarini sotib olish uchun 57,5 mln yevro miqdorida kredit berish to’g’risida kelishib olindi.

Xuddi shu yilning noyabr oyida 2018, Ispaniya tomonidan 57,5 mlnn yevro miqdorida mablag' ajratishga tayyorligini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan, O’zbekiston prezidenti tomonidan mazkur yo’nalishda sotib-olish kredit shartnomasini ishlab chiqish va imzolash borasida qator topshiriqlar berildi.

May oyida Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan “Ikkita yo‘lovchi tashuvchi va to‘rtta ekonom-klass vagonli tezyurar talgo-250 elektropoyezdini sotib olish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Unga ko’ra, “O'zbekiston temir yo’llari” AJ “Patentes Talgo SLU” (Ispaniya) bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida qiymati 57,5 mln yevroga ikkita tezyurar Talgo-250 elektropoyezdi, 4 ta vagon, hamda ularning ehtiyot qismlari sotib olinadi.

Ispaniya hukumati Ispan kompaniyalarining korporativ internatsionallashtirish Fondi tomonidan 30 yil muddatga jami 57,5 million yevro miqdorida kredit ajratilishini ma’qulladi. Kreditning 10 yili 0,05% stavkada imtiyozli davr hisoblanadi. Loyiha 2019−2021 yillarda amalga oshirilishi kutilmoqda.