Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan “Ikkita yo‘lovchi tashuvchi va to‘rtta ekonom-klass vagonli tezyurar talgo-250 elektropoyezdini sotib olish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

“O'zbekiston temir yo’llari” AJ “Patentes Talgo SLU” (Ispaniya) bilan shartnoma imzoladi.

Shartnoma doirasida qiymati 57,5 mln yevroga ikkita tezyurar Talgo-250 elektropoyezdi, 4 ta vagon, hamda ularning ehtiyot qismlari sotib olinadi.

Ispaniya hukumati Ispan kompaniyalarining korporativ internatsionallashtirish Fondi tomonidan 30 yil muddatga jami 57,5 million yevro miqdorida kredit ajratilishini ma’qulladi.

Kreditning 10 yili 0,05% stavkada imtiyozli davr hisoblanadi. Loyiha 2019−2021 yillarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

O’zbekistonning loyihaga qo’shgan hissasi 15,43 mln. yevroga teng, shu jumladan 14,37 mln. yevro soliq va bojxona imtiyozlari shaklida, shuningdek “O'zbekiston temir yo’llari” AJning o’z mablag’lari hisobidan 1,06 million yevro ajratiladi.