“Yandeks” kiyim-kechaklarni tanib oladigan dasturni sinovdan o’tkaza boshladi, deb yozadi Inc.

Sloy dasturining rahbari Danila Trabun so’zlariga ko’ra, u kiyimlarni foydalanuvchilar tomonidan olinadigan va tomosha qilinadigan videolar qahramonlarida aniqlaydi.

Qo’shimcha reallik rejimida aksessuarlarni “sinab ko’rish” va boshqalar bilan muhokama qilish mumkin bo’ladi.

Trabunning aytishicha, xizmat bepul bo’lib, reklama modeli bo’yicha monetizatsiya qilinishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda, birinchi navbatda, muloqot va ijodkorlik uchun maydon yaratilmoqda.

Ilghari Spot “Yandeks"da O‘zbekistondagi loyihalar haqida so‘zlab berishgani haqida xabar bergan edi. Kompaniya nega “Ma'lumotnoma” uchun agentlar izlamoqda, kimlar “Mahalla"dan foydalanadi, o‘zbek tilidagi “Yandeks.Yangiliklar” qachon paydo bo‘ladi va boshqalar xususida ma’lumotlar berdi.