“Yandeks"ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov Spotga kompaniyaning mamlakatdagi loyihalari haqida so‘zlab berdi.

“Yandeks.Ma'lumotnoma” O‘zbekistonda

Kompaniya O‘zbekistonda “Ma’lumotnoma"ni chiqarib bo‘ldi — mart oyidayoq bir necha o‘n minglab kompaniyalar to‘g‘risidagi ma’lumot “izlash"ga qo‘shib qo‘yildi. Hozir jadal izlanayotgan agentlar mana shu bazani to‘ldirish va uni dolzarb holatda saqlash uchun zarur.

Masalan, foydalanuvchi, aytaylik, Black Bear Kofi’ni izlashga bersa, u barcha qahvaxonalarning aniq manzili, ish soatlari, aloqa va boshqa ma’lumotlarni ko‘rishi lozim. Agentlar kompaniyalarga qo‘ng‘iroq qiladilar, bu ma’lumotni aniqlashtirib, keyin saytga joylashtiradilar.

Hozir mamlakat bo‘ylab “Yandeks"ning o‘nlab agentlari bor. Agar bir yil avval Toshkentdagi tashkilotlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi to‘plangan bo‘lsa, endi Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Andijon va boshqa shaharlardagi kompaniyalar haqida ma’lumotlar yig‘ilmoqda.

“Yandeks.Mahalla"da 300 000 kishi

Servisga har kuni o‘n minglab odamlar kirishadi. Yaqinda unda Toshkent shahar hokimligi ham ro‘yhatdan o‘tdi, endi u tumanlar bo‘yicha yangiliklarni e’lon qilib boradi.

Hozir “Yandeks.Mahalla"ning oylik auditoriyasi 300 ming kishini tashkil etadi va u o‘sishda davom etmoqda. Umuman, O‘zbekistonda “Yandeks"dagi izlashlardan oyiga 2,9 mln kishi foydalanadi.

“Yandeks.Yangiliklar” o‘zbek tilida

Servis O‘zbekistonda rus tilida 2018 yil avgustida yo‘lga qo‘yildi. Hozir o‘zbek tilida ishga tushirish ustida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“Xalq xaritasi” va parkovkalar

Faol foydalanuvchilar tufayli O‘zbekistonda bir xafta mobaynida “Parkovkalar xaftaligi” yakuniga ko‘ra o‘tgan yildagiga qaraganda ancha ko‘p tuzatishlar qilindi. Kiritilgan tuzatishlar bo‘yicha Toshkent va Zarafshon yetakchiga aylandi.

O‘zbekistondagi “Xaritalar"ning o‘zi har kuni, har soat, har daqiqada yangilanadi. Hech qanday relizlar yo‘q, hammasi real vaqt tartibida yangilanib borilmoqda.

O‘zbekistonda “Yandeks.Plyus” bo‘ladimi?

Yandeks.Plyus” O‘zbekistonda ommabop bo‘lishi uchun ekotizimni yanada rivojlantirish zarur. Masalan, “Plyus"ning muhim tarkibiy qismlaridan biri “Kinoizlash” onlayn-kinoteatriga obuna bo‘lish hisoblanadi, u esa O‘zbekistonda mohiyatan taqdim etilmagan.

Bundan tashqari, “Plyus” nafaqat “Taksi”, “Musiqa” va “Kinoizlash” — bu yana “Drayv” va “Yedadil”, va “Beru” (bu servislarning hech biri hozircha O‘zbekistonda yo‘q). Kompaniyada mamlakatda “Plyus"ni ishga tushirishni istashmoqda, biroq, to‘laqonli ekotizim shakllanishi uchun vaqt kerak.

Mahalliy telekanallar teledasturlari

Hozir yandex.uzda Rossiya telekanallari dasturlari namoyish etilmoqda. Kompaniyada ayni paytda O‘zbekiston telekanallari teledasturlari paydo bo‘lishi ustida ish olib borilmoqda, bu borada muzokaralar boshlab yuborilgan.

Tas-IXda “Yandeks.Disk” bo‘ladimi?

Buni amalga oshirish bir necha sababga ko‘ra oson emas. Birinchidan, Tas-Ix ga faqat “Disk"ni kiritish mumkin emas — unda foydalanuvchilar bazasini kiritish, O‘zbekistondagi foydalanuvchilarni boshqalardan ajratib qo‘yish, mamlakat ichida alohida dana-markaz yaratish va boshqa ko‘p ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Kompaniya uchun bular katta harajat demakdir, keyin ular o‘zini oqlamasligi mumkin, chunki O‘zbekistonda internet ommabop bo‘lib bormoqda — ko‘plab operatorlar limitsiz tariflarni kiritib bo‘ldilar, mobil internet arzonlashib bormoqda. Bu o‘rinda so‘z nafaqat pul, balki O‘zbekiston uchun ajoyib platforma yaratish uchun odamlar, infratuzilma va vaqt haqida bormoqda.

Yakunda “Yandeks” ko‘p vaqt va resurs sarflab, “Disk"ni Tas-IXga o‘tkazganda O‘zbekistondagi foydalanuvchilarning katta qismi sayt Tas-IX'dami yoki yo‘qligiga e’tibor qaratmay qolishi ham mumkin bo‘ladi. Yaxshisi, bu vaqtni boshqa loyihalarga sarflagan ma’qul.

O‘zbekistonda “Yandeks.Transport"ni ishga tushirish qiziqarli

“Yandeks.Taksi” vakili Daniil Shuleyko 2018 yilning iyunida kompaniya O‘zbekistonda “Yandeks.Transport"ni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekani haqida gapirgan edi. Avtobuslarni kuzatuvchi har ikki mahalliy ilova ishlamay qo‘yganidan keyin bu masala yanada dolzarb tus oldi.

“Yandeks"da Toshkentda “Transport"ni ishga tushirishga hali ham tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi, biroq buning uchun har ikki tomon harakat qilishi lozim — ya’ni shaharning o‘zi ham bu taklifga peshvoz chiqishi maqsadga muvofiq.

Masalan, kompaniya “Yandeks.Xarita"ga avtobus yo‘nalishlarini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi, biroq bu, Tashtrans.uzdagi tashabbuskorlar yordamida amalga oshirildi. Agar mahalliy hokimiyat bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa, unda “Yandeks” O‘zbekistonda “Transport"ni qisqa muddatda ishga tushira oladi.

Agar “Yandeks.Afisha” yo‘lga qo‘yilsa, unda chiptalar onlayn-sotuv orqali amalga oshiriladi

Afisha"ni shunchaki seanslar jadvali bilan ishga tushirishning uncha qizig‘i yo‘q, agar chiptalarning onlayn-sotuvini qo‘shib qo‘yilsa, bu butunlay boshqa gap bo‘ladi. Buning ustiga hozir O‘zbekistonda kompaniyaning ustuvor turgan boshqa loyihalari bor.

Hozircha O‘zbekistonda “Yandeks.Market” kimlar uchun yo‘lga qo‘yilishi tushunarsiz

Market"ning ishga tushirilishi va to‘laqonli ishlashi uchun mamlakatda e-commerceni rivojlantirish zarur chunki, masalan, iPhone’ni izlashga berilganda uni sotib olish mumkin bo‘lgan o‘nlab magazinlar aks etishi lozim. Savdo rastalari yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Hozir O‘zbekistonda ular yetarli emas. Shu sababdan O‘zbekistonda “Market"ni ochish rejalashtirilmayapti, faqat servisni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘lgani uchun bu ishni qilishni xohlamaymiz.

O‘zbekistondagi serverlar

“Yandeks” O‘zbekistonda serverlarni joylashtirishni rejalashtirayotgani ilk bor fevral oyida ma’lum bo‘ldi. Rossiyagacha trafik uzoq boradi va agar O‘zbekistonda keshirlovchi serverlar paydo bo‘lsa, unda kompaniya resurslari tezroq ommabop bo‘lgan bo‘lar edi.

Masalan, xaritalar, videoroliklar va suratlar tezroq ko’chirib olinar, “Yandeks.Brauzer"kabi mahsulotlar tezroq yuklab olingan bo‘lar edi. Mamlakat ichkarisiga serverlarni joylashtirmasdan “Kinoizlash” yoki “Efir"ni yo‘lga qo‘yish mumkin emas.

Hozir O‘zbekistonda “Yandeks"ning o‘ndan ortiq loyihalari bor. Ularning ayrimlari noyob — masalan, Tas-Ix'da izlash yoki “Yandeks.Mahalla”. Kompaniya bundan keyin ham mamlakatda yagona ekotizimni shakllantirishi lozim bo‘lgan konkret muammolar yechimiga yo‘naltirilgan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.