Mart oyida Yandeks Toshkentda “Yandeks.Metro” ilovasi ishga tushirgan edi. Endilikda “Yandeks.Xaritalar"da Toshkent shahar jamoat transportining yo’nalishlari paydo bo’ldi.
Servis orqali kerakli manzil yoki tashkilotga yer ustida qanday yetib borish mumkinligini smartfon yoki kompyuter orqali ko’rish mumkin.
Shuningdek, ilovada avtobus yoki marshrut yo’nalishi bo’yicha har bir bekatlarning nomlari va ularning shahar xaritasida joylashgan joyi ham keltiriladi.
2018 yil dekabr oyida Toshkentda “Yandex.Tirbandliklar” svetofori ishga tushirildi. Ilova yo’llardagi tirbandliklarni aniqlaydi.