Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston bozorida “Yandeks"ning internet servislarini mahalliylashtirish, servislardan yaxshiroq foydalanish uchun CDN-serverlarni joylashtirish yoʻnalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Taʼlim va malaka oshirish sohasidagi hamkorlik, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan IT sohasidagi taʼlim dasturlarini yaratish boʻyicha hamkorlik masalalari alohida koʻrib chiqildi.

Muzokaralar natijalariga koʻra, 2019−2020 yillarda hamkorlikni jadallashtirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi"ni yaqin vaqt ichida birgalikda ishlab chiqish kelishib olindi.

Spot ilgari Toshkentda “Yandeks"ning tirbandliklarni aniqlovchi svetofori ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.