Mail.ru pochtasi foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilishda parollardan butunlay voz kechadi va bir martalik kodlarni push xabarnomalar yoki SMS orqali kiritishni taklif qiladi. Bu haqda “TAСC” xabar beradi.

Kompaniyada ta’kidlanishicha, kelajakda parollardan to’liq voz kechilishi servis xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi.

“Bugungi kunda parol orqali ro’yxatdan o’tish xavfsiz usul hisoblanmaydi. 81% hollarda pochtaga ruxsatsiz kirish hollari ishonchsiz yoki o’g’irlangan parol tufayli sodir bo’ladi” deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, Mail.ru Group’da kompaniyasi pochtalarni parolsiz yaratish yoki mavjud pochta orqali parolni kiritishdan voz kechilishini bildirdilar.