GM Uzbekistan Yoshlar kuni munosabati bilan Tracker Premier AT avtomobiliga katta chegirma e’lon qildi.

Unga ko‘ra, endilikda Tracker Premier AT avtomobilini 21%li chegirma bilan 215 680 575 so‘m o‘rniga 170 million so‘mga xarid qilish mumkin.

Aksiya 2 iyuldan boshlab 10 kun davomida amal qiladi.

Mazkur chegirma kompaniyada olib borilayotgan strategiya hamda hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasi bo‘lib, avtomobil xaridi jarayonida xaridorlarga qulaylik yaratish va uning hamyonbopligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

Ilgari Spot May oyida avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin oshgani haqida xabar bergan edi.