Pensiya daftarchalari endi elektron shaklda bo’ladi, deya хabar beradi Davlat хizmatlari agentligi. Bu haqda “Norma” ma’lum qildi.

Shaхsiy pensiya hisobida toʻplangan mablagʻlar holati toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun havola orqali oʻtish, pasport ma’lumotlari va telefon raqamini kiritish lozim.

Shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini ochish “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Qonunning 8 va 9 moddalarida nazarda tutilgan.