Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 21 iyunda ma’qullangan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Qonunning amal qilishi shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chog‘ida qo‘llaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qat’i nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shaxsga doir ma’lumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi. Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.