May oyida Spot DAR IT-kompaniyasi IT-startaplar uchun DAR Lab tanlovini e’lon qilgani, hamda O’zbekistondagi startaplar tanlovda ishtirok etib, 80 ming $gacha bo’lgan yutuqni qo’lga kiritishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Tanlov ikki yo’nalishda amalga oshirildi: tijorat loyihalari (logistika, fintex, sug’urta, chakana savdo, elektron tijorat va farmakologiya) va ijtimoiy loyihalar (qishloq va shahar atrof-muhitini yaxshilash, sog’liq, ekologiya va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash).

Joriy yilda tanlovga Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Belarusdan 428 ta murojaat qabul qilindi.

Biznes samaradorligi va shaffofligini nazorat qila oladigan sun’iy intellekt dasturi bilan ishtirok etgan O’zbekiston jamoasi yagona xorijlik g’olib bo’ldi.

Eng yaxshi, istiqbolli IT — tijoriy loyihalarning har biriga 4 mln tenge (10 ming $)dan mukofot taqdim etildi.