1−5 iyul kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 6 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 131 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 6 ta davlat mulki ob’ekti 2 mlrd 650 mln so‘m investitsiya kiritish, 51 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 39 mln so‘mga sotildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha jami 131 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 179 mlrd 792,66 mln investitsiya kiritish va 937 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 3 mlrd 156,21 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 95 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo o‘zanlari tozalash ya’ni qum shag‘al qazib olish

Ushbu haftada yagona elektron savdo maydonchasida daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Jumladan hafta davomida jami 5 ta boshlang‘ich narxi 1mlrd 985,3 mln so‘mdan 2 mlrd 107 mln so‘mga sotildi.

Hozirgi kunda 53 ta boshlang‘ich narxi 21 mlrd 420 mln so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyixalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish xuquqi

Hafta davomidajami 9 taboshlang‘ich narxi 67 mln 500 ming so‘mlik, qimmatbaxo metallarni qazib olish xuquqielektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda 34 ta boshlang‘ich narxi 255 mln so‘mlik qimmatbaxo metallarni qazib olish xuquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.