Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Jahon banki mutaxassislaridan iborat delegatsiya “Digital Casa” dasturi asosida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar olib bordi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Spot’ga ma’lum qildi.

Jahon banki mutaxassislarining qayd etishicha loyihaning umumiy qiymati 178 mln $ni tashkil etadi. Dastur asosidagi loyiha 5 ta kompanentni o‘z ichiga qamrab oladi.

Qayd etilishicha, Jahon bankida DXSH asosidagi loyihalarni boshlashga tayyor ekanliklari bildirilgan.

Shuningdek, uchrashuvda ushbu sohadagi ishlarni jadallashtirish maqsadida aniq yo‘l xaritasini ishlab chiqish lozimligi va bu jarayon yaqin vaqtda nihoyasiga yetishi kerakligi qayd etildi.

Ayni yo‘nalishdagi barcha ma’lumotlar batafsil o‘rganib chiqilgach, loyiha-baxolash xujjati tayyorlanadi. Ushbu xujjat tasdiqlangach 2020 yilning yanvar oyidan loyiha-baxolash xujjati asosida ishlar boshlanadi.