8 iyuldan 14 iyulgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 728 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 50,4% ikkinchi va 30,9% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 637,3 mlrd so‘mdan 942 mlrd so‘mga oshdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,5 mln $ga teng tovarlar sotildi.