2019 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,1%ni tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlarida keltirilgan.

Bu 2018 yilning mos davri ko‘rsatkichiga qaraganda 0,2%ga kamdir.

Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida eng yuqori ishsizlik darajasi qayd etildi — 9,4%, eng kam ko‘rsatkich esa — Toshkent shahrida (7,7%).

Ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1,3 mln shaxsdan iborat bo‘lib, yoshlar orasidagi (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,1%ni, 15−25 yoshdagilar o‘rtasida — 16,8%ni, ayollar orasida esa 12,7%ni tashkil etdi.

Iqtisodiy faol aholi soni 2018 yil mos davri ko‘rsatkichlariga qaraganda 181,5 mingga yoki 1,2%ga o‘sgan.

Iqtisodiy nofaol aholi soni 4,2 mln kishini tashkil etdi (0,1%ga ortgan), bunday ko‘rsatkich homiladorlik ta’tili, tug‘ish ta’tili yoki 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishidagi ayollar sonining 4,4%ga oshishi bilan izohlanadi.

Ta’kidlanishicha, o‘z xohishiga ko‘ra band bo‘lmaganlar soni keskin kamayib, 805,6 mingdan 734 ming (8,9%)ga tushgan.

Ilgari Spot O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni 326,3 mingga yoki 6,2%ga ortib, 5,5 mln kishiga yetgani haqida xabar bergan edi.