Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanida yirik sement zavodi barpo etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, 2019−2020 yillarda Farg‘ona viloyati sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari, 2019 ― 2021 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlangan.

Sement zavodining qurilishi 2019 ― 2021 yillarda amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalaridan biri bo’lib, uning tashabbuskori Jakob pfeiffer MCHJ hisoblanadi.

Loyiha qiymati 1,2 trln so’mga baholandi, 150 mln $ xorijiy investitsiya jalb etiladi.

Zavodni 2020 yil dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan bo’lib, 420 ish o’rni yaratilishi kutilmoqda.

Ilgari Spot “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 4,1 trln so’mlik Smart city barpo etilishi haqida xabar bergan edi.