Yoqilg‘i-energetika resurlari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi, xabar beradi Adliya Vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan 2019 yilning 15 avgustidan boshlab quyidagilar belgilandi:

Iste’molchiga avtobenzin va dizel yoqilg‘isini sotishda aksiz solig‘ini hisobga olgan holda, chakana narx:

  • AI-80 rusumdagi avtobenzin — bir litr uchun 4500 so‘m (hozirda bir litr uchun 4000 so‘m);
  • dizel yoqilg‘isi — bir litr uchun 5400 so‘m (hozirda bir litr uchun 4800 so‘m);
  • EKO dizel yoqilg‘isi — bir litr uchun 5700 so‘m (hozirda bir litr uchun 4900 so‘m);

Qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarning ayrim toifalariga avtobenzinni sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasini to‘lash summasi 75000 so‘m miqdorida (hozirda 66 700 so‘m) belgilandi.

Shuningdek, 2019 yil 15 avgustdan quyidagi tariflar ham tasdiqlandi:

  • aholi uchun 1 kub.m gaz — 380 so‘m (hozirda 320 so‘m);
  • aholi uchun 1 kVt elektroenergiya — 295 so‘m (hozirda 250 so‘m).