Ilgari “Ozodlik” saytida “Qarzga botgan „O'zbekiston havo yo’llari“ 8 ta samolyotini sotmoqchi. Ikkitasi Dreamliner” maqolasi chiqarilgan edi.

Maqolada milliy aviakompaniya oshib borayotgan qarzlarini to’lashga qurbi yetmay qolganidan o’z ixiyoridagi samolyotlarni sotuvga qo’ygani haqida keltirilgan.

“O'zbekiston havo yo’llari” ijtimoiy tarmoqlarda qizg’in muhokamalarga sabab bo’lgan maqolaga munosabat bildirdi.

Xabarga ko’ra, xizmat muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan havo kemalarini realizatsiya qilishga taklif etildi:

“Jahonning yetakchi aviakompaniyalari samolyotlardan o‘rtacha 15−20 yil foydalanishadi. Bu esa yo‘lovchilar tomonidan aviakompaniyalar xizmatlarini tanlashida, parvozlarning muntazamligini ta’minlashda va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha harajatlarni kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deyiladi MAK bayonotida.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Boeing 787 Dream Liner samolyotlari va boshqa modellarni sotish joriy rejaga kirmaydi.

“Manbada ko‘rsatilgan va ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan samolyotlarning narxi ham xaqiqatga mos kelmaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, muayyan samolyot modelining narxi konfiguratsiyasiga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, „Xavo Yullari“ MAK ekspluatatsiyasidagi Boeing 787 samolyotlarining narxi ancha past bo‘lib, 115 mln $dan boshlanadi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Takidlanishicha, yangi samolyotlarni sotib olish asosan kredit mablag‘larini jalb qilish yoki lizing orqali amalga oshirish mumkin. Aviakompaniya jahondagi boshqa istagan aviakompaniya kabi, o‘z kredit majburiyatlariga ega. Xozirgi vaqtda kredit majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘la ravishda va o‘z vaqtida amalga oshirilayapti.