Avtotest Report MCHJ yuridik shaxslar haydovchilarini tayyorlash faoliyatini to’xtatishini ma’lum qildi.

Endilikda faqat haydovchilarni tayyorlash, metodika va qo‘llanmalar yaratish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya bosh maqsad pul ishlash emasligi, qadriyatlar boshqa ekanligini shu bilan namoyon etish istagida:

“Boshqa avtomaktablardan farqli o‘laroq „Avtotest“ kompaniyasi paydo bo‘lganidan beri hali biron marta daromad olgani yo‘q. Hamma topilgan daromad faqat va faqat rivojlanishga, yangi zamonaviy maktablar barpo etish, dasturlar, yangi texnologiyalar yaratishga yo‘naltirildi”, deyiladi Avtotest xabarida.

Kompaniya bugun ko‘chada ahvol juda yomonligini, internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda minglab odamlar yo‘l transport hodisalari oqibatida vafot etgani haqida ma’lumotlar chiqayotgani, lekin birorta odam bunga qayg‘urganini, xuddi “Avtotest"ni muhokama qilganidek muhokama qilganini ko‘rmaganini qayd etdi.

“Hurmatli yurtdoshlar! Biz, „Avtotest“ jamoasi barchangizga minnatdorchilik bildirgan holda, shuni ma’lum qilmoqchimiz: „Avtotest“ kompaniyasi yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatadi. Ro‘yxatga olish jarayoni va barcha mavjud shartnomaviy majburiyatlarni amalga oshirish uchun bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Biz tahqirlardan charchadik”, deyiladi bayonotda.

Avtotest yo‘llardagi holat, sotib olingan haydovchilik guvohnomalari va bu ishni qilgan, qilayotgan haydovchilar, ma’sul xodimlarga qarshi kurashishga, minglab o‘limlarning oldini olish kurashishga da’vat qildi.

Ilgari Spot Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Avtotest Report MCHJni monopolist korxonalar reyestriga kiritish bo‘yicha o‘rganish va tahlillar o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edi.