Germaniyaning Bionorica Se kompaniyasi vakolatxonasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga Hurshida Biznes Plyus MChJning noqonuniy xatti-harakati yuzasidan murojaat qildi, xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.

Murojaatda keltirilishicha, Hurshida Biznes Plyus o‘z mahsulotini realizatsiya qilishda Bionorica Se kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 3ta tovar belgisi nomidan foydalangan:

  • grafika shakldagi belgi (ko‘k rangli doira markaziga joylashtirilgan gulbarg);
  • “Канефрон”
  • Bionorica.

"Raqobat to‘g‘risida"gi Qonuning 13 moddasi — ya’ni boshqa ishlab chiqaruvchining intellektual faoliyati natijalaridan qonunga hilof ravishda foydalanish va shu yo‘l bilan iste’molchini chalg‘itish holatiga yo‘l qo‘yilgani tan olindi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Germaniya kompaniyasiga yozma ko‘rsatma berildi. Unga asosan Hurshida Biznes Plyus bir oy muddatda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holatini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak.