Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan Toshkentda QR-kodʻli turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilmoqda.

Ko’rsatkichlar Yakkasaroy tumanidagi Usmon Nosir hamda Bobur koʻchalari kesishuvida joylashgan Yakkasaroy savdo markazi chorrahasida, shuningdek Janubiy temiryoʻl vokzaliga kirish hududidagi o’rnatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, turistik yoʻl koʻrsatkichining afzalliklaridan biri maxsus QR-kodʻga egaligidir. Ko’rsatkichlar “Google maps” xaritasi yordamida koʻzlangan manzilga tez va oson yetib olishga yordam beradi.

Loyihalarning davomiyligini taʼminlash maqsadida poytaxtning boshqa tumanlarida joylashgan turistlar koʻp tashrif buyuradigan hamda aholi gavjum joylarga innovatsion turistik yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish ishlari davom ettiriladi.