UzAuto Motors kompaniyasi banklar bilan birgalikda foydali shartlarda avtokreditlash bo‘yicha aksiya yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida keltirilgan.
2019 yilning 12 avgustidan 1 sentyabriga qadar InfinBANKdan avtomobil xarid qilish uchun kredit olish mumkin. Kredit 3 yil muddatga yillik 16%dan boshlab 25% dastlabki to‘lov evaziga taqdim etiladi.
Aksiyada kompaniyaning birinchi pozitsiya va gaz balon uskunali Lacetti, Malibu va Tracker avtomobillari ishtirok etadi.
Kreditlar jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zR milliy valyutasida faqat quyidagi shartlarda yangi avtomobillar xarid qilish uchun beriladi: Lacetti va Malibu avtomobillari yillik 18%, Tracker yillik 16% ustama.
Shuningdek, 9 avgustdan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga avtomobil xarid qilish mumkin. UzAuto Motors kompaniyasi Asaka bank bilan birgalikda Lacetti 1 poz. hamda GBO, Malibu va Tracker avtomobillarini dastlabki 50% to‘lov evaziga yillik 5% ustama bilan xarid qilishni taklif qilmoqda.