12−16 avgust kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 16 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 205 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 31 ta obyekt sotildi. Bu haqda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 16 ta davlat mulki obyekti 8 mlrd 875 mln so‘m investitsiya kiritish, 140 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 432 mln so‘mga sotildi.

67 ta obyekt savdoga chiqarildi 40 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Jami 205 ta boshlang‘ich narxi 1 mlrd 413,5 mln so‘mlik yer uchastkalariga bo‘lgan huquq 86 mlrd 859,2 mln so‘mlik investitsiya kiritish va 1 005 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 3 mlrd 601,2 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida jami 198 ta boshlang‘ich narxi 736,7 mln so‘mlik yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, hozirgi kunda 2788 ta boshlang‘ich narxi 91 mrld 824,7 mln so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Jami 31 ta obyekt 8 048,7 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 109 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo o‘zanlarini tozalash huquqi

1 ta daryo o‘zanlarini tozalash loyihasi 392,4 mln so‘mga sotildi.

Hozirgi kunda 31 taboshlang‘ich narxi 9 mlrd 656 mln so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

Hafta davomida jami 4 ta boshlang‘ich narxi 30 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 58,1 mln so‘mga sotildi.

57 taboshlang‘ich narxi 427,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.