UzAuto Motors chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida keltirilgan.

Bayram arafasida tashkil qilingan aksiya doirasida Malibu Turbo va Tracker avtomobillari uchun 100% oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor 20 mln so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan chegirmali narxlar quyidagicha:

  • Malibu Turbo 2,0 — 302 mln so‘m o‘rnigi 282 mln so‘m
  • Malibu Turbo 1,5 -270 mln so‘m o‘rniga 250 mln so‘m
  • Tracker Premier AT — 215 mln so‘m o‘rniga 190 mln so‘m

Chegirmalar 21 avgustdan 10 sentyabrga qadar amal qiladi.