Ilgari haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida avtomobil oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ariza berish nafaqat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlarida, balki 39 ta tuman bank filiallarida amalga oshirish imkoniyati yaratilgan edi.

Qayd etilishicha, bu avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat olish stavkalarining pasaytirilgani tufayli kelib chiqadigan navbatlarning oldini olishga yordam berdi.

Endilikda 4 sentyabrdan boshlab banklarda oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsat olish uchun ariza olish jarayoni to‘xtatiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Bu qo‘shimcha punktlarga ehtiyoj qolmaganligi (avtomobil oynalarining tusini o‘zgartirish istagida bo‘lganlar oqimi kamaydi) sababli amalga oshirilgani qayd etildi.