Moliya vazirligi ilk bora Toshkent viloyati misolida “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini taqdim etdi.

Asosiy maqsad — aholining keng qatlami uchun axborotning mazmunan qulayligini ta’minlash, byudjet borasida fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmlarining samaradorligini hamda ularning byudjet sohasidagi savodxonligini oshirishdan iborat.

Toshkent viloyati hududidan mamlakatning bir qancha yirik korxonalari — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati (Bekobod sh.), hamda “Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyat yuritmoqda ushbu erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarish va tarmoqlararo klasterlar tashkil qilinmoqda.

Bundan tashqari, ikkinchi bo‘limda Toshkent viloyati byudjetining asosiy daromad manbalari va ularning tarkibi, ayrim soliq va nosoliq daromadlarning mahalliy byudjetdagi roli, yirik soliq to‘lovchilar va ularning viloyat byudjeti daromadlaridagi hissalari to‘g'risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Axborot nashrida Toshkent viloyatida yig’iladigan soliqlarni, respublika byudjetidan ajratiladigan ijtimoiy transfertlarning qanday taqsimlanishi, qaysi byudjet tashkilotlari viloyat byudjetidan va qaysilari tuman, shahar byudjetlaridan moliyalashtirilishini ko‘rish imkoniyati mavjud.

Daromadlar

2019 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha normativ 77%ga tasdiqlandi. Bu Toshkent viloyati hududida to‘plangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 77%i viloyat byudjetiga, 23%i esa respublika byudjetiga, 20%i QQS bo‘yicha viloyat byudjetiga tushishini anglatadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i respublika byudjetiga to‘liq o‘tkaziladi.

2019 yilda viloyat byudjeti daromadlari 3 169,0 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Daromadlarning deyarli uchdan ikki qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShDS), QQS va aksizlar hisobiga olinadi.

Ushbu soliqlar 2019 yilda Toshkent viloyati byudjeti daromadlarining asosiy o‘sishini ta’minlaydi. Daromadlarda JShDS, QQS va aksizlar tushishi ulushi 2018 yilda 25,3%ni tashkil etgan, 2019 yilda esa ushbu soliqlar tushumlari viloyat byudjeti umumiy daromadlarining 63,7%ini tashkil etishi kutilmoqda.

Yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar

Olmaliq shahri Toshkent viloyatining tumanlar va shaharlar orasida eng yirik va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan shahar hisoblanadi. 2019 yilgi prognozga ko‘ra soliqlar (uning hududida to‘plangan soliqlar) kontingenti 2 415,3 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Ajratmalarning tasdiqlangan normativlariga muvofiq shahar byudjetiga 27,1 mlrd so‘m yoki Olmaliq shahri hududida to‘plangan soliqlarning 1%i tushadi. Pskent tumani soliqlar qayta taqsimlanishidan eng ko‘p mablag‘ oladi.

2019 yilgi prognozga ko‘ra ushbu tuman byudjetiga 45,3 mlrd so‘m yoki tuman hududida to‘plangan soliqlarning 46%i qayta taqsimlanadi.

Batafsil bu yerda.