“Tariflarni oshirish yechim emas. Energetika sohasini isloh qilish zarur” — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi nega narxlarni oshirish to‘laqonli islohot hisoblanmasligi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qanday qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston energetika tizimida qanday ishlar qilish kerakligini tushuntirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Biznes g‘oya: vafli biznesini qanday boshlash va qancha daromad topish mumkin?

Yosh tadbirkor nega bu biznesga kirib kelgani, 5 marta yopilishiga nima sabab bo‘lgani, mahsulotlarni qanday tayyorlashi va yo‘l qo‘ygan xatolari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Toshkentda fitnes-xizmatlar bozorida nimalar bo‘lmoqda? Tadqiqot

KSP Consulting kompaniyasi tahlilchilari Toshkent, Olmaota va Moskvadagi fitnes xizmatlar bozorlarini solishtirdi, shuningdek, O‘zbekistonda sohaning xususiyatlari, o‘sish nuqtalari va rivojlanish tendensiyalarini aniqladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Jeff Bezos muhim qarorlarni qanday qabul qiladi?

Sakkiz soatlik uyqu, oilaviy nonushta, ertalabki muhim uchrashuvlar. Jeff Bezos haqidagi asar Amazon asoschisining biznes yuritish uslubi haqidagi tasavvurlaringizni o‘zgartiradi.

hafta yakuni, yangiliklar


Egizak minoralar, markaziy orol va 1 mln aholi — Yangi Toshkent bosh rejasi qanday?

Avtomobillar infratuzilma va 100 ming o‘rinli avtoturargoh joylashgan yer ostida harakatlanadi.

hafta yakuni, yangiliklar



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Xotin-qizlardan OTMlarda o‘qish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi.
    Nomzodlar mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega, OTMda tahsil olmagan bo‘lishi kerak. Arizalar 1-iyungacha qabul qilinadi.
  2. Avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im miqdori kamaytirildi.
    Endilikda buning uchun avvalgi narx — 34 ming so‘m miqdorida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
  3. Elektr va gaz narxlarining oshishi inflyatsiyani 2,4 foiz bandga oshiradi — Markaziy bank.
    Bundan tashqari aprel oyidan QQS bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilinishi ham qariyb 1 foiz bandga oshirishi kutilmoqda.
  4. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun arizani qanday onlayn jo‘natish mumkin? Qo‘llanma.
    Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish imkoniyati mavjud. Arizalar bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.
  5. Maktablar rahbarlari va o‘qituvchilariga ustama berish tartibi belgilandi.
    O‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan maktab direktorlari va o‘qituvchilariga 40%gacha ustama beriladi.
  6. Grantga o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
    O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali o‘zgartirilmoqda. Davlat granti esa ikki xil shaklda ajratiladi.
  7. O‘qishni xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi.
    Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda ayrim yo‘nalishlar uchun sertifikat talabi B1ga tushiriladi. Ayrim yo‘nalishlar uchun esa amaldagi talab o‘z kuchida qoladi.
  8. Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 23 so‘m 8 tiyinga oshib, 12718 so‘mni tashkil etdi.
  9. Issiqxonalarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining 50%i qoplab beriladi.
    Shu bilan birga, ko‘mir qozoni xarid qilish xarajatlarining 20%gacha qismini qoplash taklif etilmoqda.
  10. 2023-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy tengsizlik sezilarli darajada oshdi — Jahon banki.
    10% eng boy fuqarolar daromadlari aholining eng kambag‘al qatlamiga nisbatan 5 baravar tez o‘sdi.