Uzbekistan Airways Charter Flights Group MCHJ bilan hamkorlikda Toshkent-Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar 2019 yilning 5 oktyabridan boshlanib, har haftada bir marotaba amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan uchish soat 23:55 da (shanba), Kiyevga qo‘nish soat 02:45 da (yakshanba). Parvoz vaqti 4 soat 50 daqiqani tashkil etadi
  • Kiyevdan uchish soat 04:15 da (yakshanba), Toshkentga qo‘nish — soat 10:45 da (yakshanba). Parvoz vaqti 4 soat 30 daqiqani tashkil etadi

Parvozlar Boeing 757 va Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.