Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.

Eksport qiluvchilarga moliyaviy yordam xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini joriy etish, tender va tanlovlarda ishtirok etish, biznes forumlar, trening va ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etish kabi harajatlarni qoplash uchun ko‘rsatiladi.

Agentlik tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy yordam miqdorlari:

  • respublika va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish — 100%, lekin 20 000 $dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • taqdimot va reklama kompaniyalarini o‘tkazish — 100%, lekin bir korxona uchun yilning bir choragida 5 000 $dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish — 50% miqdorda;
  • xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish — 100%, lekin 10 000 $dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish — Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smetaga muvofiq;
  • kelgusidagi ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish — 100% miqdorda.