Ilgari Spot prezident qaroriga muvofiq 1 oktyabrdan UzAuto Motors AJga berilgan soliq imtiyozlari bekor qilinishi haqida xabar bergan edi.

Kompaniya QQS to‘lovchisiga aylanishi xaridorlarga ortiqcha sarf-harajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun avtomobillarni sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga 3% majburiy yig‘im olinmasligini ma’lum qildi.

Endilikda xaridorlar Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3% to‘lovni avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

“Avtomobillar narxlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan mazkur to‘lovni inobatga olmaganda o‘zgarishsiz qoldirildi”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi hamda xaridor tomonidan 3% to‘lov avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘lanishi kerak bo‘ladi.