Vazirlar mahkamasi qaroriga binoan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tibbiyot klasteri tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan “Medical care cluster” MChJ tashkil etiladi.

MChJga loyihani amalga oshirish doirasida tender savdolari va tanlovlari o‘tkazmasdan, eng yahshi takliflarni tanlab olish asosida loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilash, shuningdek, ishga qabul qilingan xorijiy mutaxassislar uchun ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini belgilashga ruhsat berildi.

2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga “Medical care cluster” MChJ va loyihani amalga oshirish doirasida MChJ tomonidan jalb qilingan pudrat tashkilotlari:

  • yuridik shaxslar daromad solig‘i va QQSni;
  • respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash uchun mo‘ljallangan materiallarni belgilangan ro‘yxat bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, loyiha ishtirokchilari klaster faoliyatini tashkil qilish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan ozod etiladi.