Yanvar oyida Spot Toshkent metropolitenining bekatlarida Wi-Fi hududlari tashkil etilayotgani haqida xabar bergan edi.

7 oktyabrdan boshlab poytaxt metropolitenida internetdan foydalanish imkoni yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xizmatdan foydalanish uchun metroga tushishdan oldin avtorizatsiyadan o‘tish lozim (SMS orqali). Tizimga ikki usul orqali kirish mumkin — pullik va bepul.

Tarmoqqa bepul ulanish uchun “Metrotelecom Free” tarmog‘ini tanlash so‘ngra telefon raqami orqali avtorizatsiyadan o‘tish lozim.

Internetga qanday ulanilishi bo‘yicha metroga tushishda joylashgan maxsus axborot tablolarida ham ko‘rsatilmoqda.