Facebook iyun oyida Libra kriptovalyutasini taqdim qildi. Oʻshanda Visa va Mastercard, Vodafone, Uber, Lyft va Spotify kabi 28 ta yirik kompaniya va tashkilotlar Libra uyushmasi a’zosi boʻlgani ma’lum boʻldi.

Ripple rahbari Bred Garlinghaus Facebook kriptovalyutasi agar ishga tushirilsa, bu uch yildan keyin amalga oshishiga ishonch bildirmoqda.

Forutne bilan suhbatda, u Libra loyihasi regulyatorlarning qarshiligi tufayli oʻzining dastlabki rejasini amalga oshira olmasligini qoʻshimcha qildi, xabar beradi “РБК”.

"Libra 2020 yil oxirigacha ishga tushirilmaydi. Oʻylaymanki, agar Facebook uchun boʻlmaganda loyiha yaxshiroq qabul qilingan boʻlar edi. Ular qiyin yoʻlni bosib oʻtishlari kerak", — dedi Garlinghaus.

Avvalroq, PayPal toʻlov tizimi Libra uyushmasida qatnashishdan rasman bosh tortgan edi. Kompaniya vakillarining soʻzlariga koʻra, u “Libra intilishlarini qoʻllab-quvvatlashni” davom ettiradi va kelgusida birgalikdagi ishlar boʻyicha dialog olib boradi.

Shuningdek, oktyabr oyining boshida Visa va Mastercard loyihadan chiqib ketishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo boʻldi. Ta’kidlashicha, toʻlov kompaniyalari moliyaviy regulyatorlarning tanqidlari sababli Facebook bilan hamkorlik qilishni xohlamayaptilar.

Shu bilan birga, Libra uyushmasi boshqaruvi raisi Berntran Peres, regulyatorlarning shubhalarini asossiz deb atagan.