O‘zbekiston Red Jolbors Markaziy Osiyo reklama festivalida ikkinchi yili ham g‘alabani qo‘lga kiritdi. Festivalda TBWA\CAC\Toshkent agentligi ikkinchi bor g‘alabaga erishdi.

Joriy yilda Red Jolbors Awards festivali doirasida Campaigns, Branding, Digital, Film, PR, Print&Outdoor, Concept, Media platform & Community contest, Marketing projects hamda Influencers in communications kompaniyalari ishtirok etdi. Bu yili ham g‘olib deb TBWA\CAC\Toshkent agentligi topildi.

TBWA\CAC\Toshkent reklama agentligi yil mijoziga aylangan Asl Baraka kolbasa brendi uchun yaratilgan “Mehnatsevar” loyihasi uchun agentlik Gran-pri, turli yo‘nalishdagi oltin va uchta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, loyiha qisqa metrajli reklama filmlari uchun uchta bronza mukofotiga, DBLA gibrid prodyuserlik kompaniyasi esa “Film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Digital и Print&Outdoor yo‘nalishlaridagi to‘rtta mukofotga (uchta bronza va bitta kumush) Testo by Zamira & Co yo‘nalishli fud-kafelar asoschisi Zamira Raxmanova erishdi.

Evos fast-food yo‘nalishidagi kafelari uchun yaratilgan rebrending uchun MA’NO Branding agentligi kumush mukofotini, #BreatheUzbekistan agentligi esa uchta bronza va bitta kumush mukofotlariga erishdi.


Mazkur toifadagi yo‘nalishda 360 creative agency agentligi “The Chapter Hotel” va “WeAssist” loyihalari uchun bitta kumush va ikkita bronzaga sazovor bo’ldi.

Media&Community nominatsiyasida bronza mukofotini FCB Artgroup Uzbekistan kompaniyasi “Sherin Tilaklar” loyihasi uchun loyiq deb topildi. Shuningdek, Marketing projects kreativ agentligi “Biz bilan oldinda bo‘l, Payme bilan to‘la!” video-reklamasi uchun kumush medalni ham qo‘lga kiritdi.

Brending nominatsiyasida esa yana bir kumush medalini SEKTA kreativ agentligi qo‘lga kiritdi. Tanlovga agentlik “Iste'molchilar brendingi: brend strategiyasi va dizaynerlik yechimi (qadoqlash, maishiy xizmatlar, riteyl)” yo‘nalishi uchun Esty tualet qog‘ozi brendingini namoyish etdi.