2020 yilning so’ngida Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori qabul qilindi.
Unga asosan quyidagilar tasdiqlandi:
— Mahsulotlarni identifikasiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari;
— “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
— Alkogol mahsulotlarini raqamli identifikasiya vositalari bilan markirovkalash xususiyatlari to‘g‘risidagi nizom.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalar hamda nizomlar talablariga rioya etilishini nazorat qilib borish vazifasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi.
Majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish uchun yagona to‘lov (tarif) miqdori qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmasdan 1 kod uchun 68 so‘m miqdorida belgilandi.
Qaror talablariga ko‘ra, ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi va “CRPT TURON” mas’uliyati cheklangan jamiyat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida davlat-xususiy sheriklik bitimi tuzildi.
Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahsulotlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha ixtiyoriy eksperimentlar natijalari asosida:
— 2021-yil 30-dekabrga qadar dori vositalari va tibbiy buyumlarni;
— 2022-yil 1-martga qadar suv va salqin ichimliklarni;
— 2022-yil 1-mayga qadar maishiy texnikalarni markirovkalash va kuzatish tartiblarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ushbu qarorga asosan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi hamda ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Mahsulotlarni markirovkalash qoidalari o’zgardi
Yagona to‘lov miqdori QQS siz 1 kod uchun 68 so‘m miqdorida belgilandi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
«Spot»
- 1 164
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:24 Iqtisodiyot
Toshkent fond birjasi $30 mlnlik valyuta obligatsiyalari savdosini boshladi
Hozirda savdo maydonchasida Asia Alliance Bank va Universalbankning valyuta obligatsiyalari muomalada.
Kecha, 19:33 Iqtisodiyot
Endi fuqarolar Yagona portalda o‘z nomidagi bank kartalarini ko‘rishi mumkin
Yangi bo‘limda aholiga tegishli faol plastik va virtual kartalar haqidagi ma‘lumotlar paydo bo‘ldi.
Kecha, 19:03 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda pensiya jamg‘armalari investitsiya kompaniyalariga boshqaruvga berilishi mumkin
2027-yildan fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya mablag‘larini Xalq bankidan Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish taklif etilmoqda.
Kecha, 18:46 Iqtisodiyot
Paxta terimida majburiy va bolalar mehnatining oldini olish bo‘yicha monitoring boshlandi
Bandlik vazirligi paxta terimida mehnat qonunchiligi va terimchilarning huquqlari maxsus ishchi guruhlar tomonidan nazorat qilinishini ma’lum qildi.
Kecha, 18:00 Biznes
Fido Studio asoschisi Jamshid Xoliqulov tavsiya qilgan 5 ta kitob
Tadbirkor Spot’ga uni dizayner va biznesmen sifatida shakllantirgan, ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan kitoblar haqida so‘zlab berdi. Ular orasida sohaga oid adabiyotlar bilan bir qatorda, jahon adabiyoti durdonalaridan biri bo‘lgan sarguzasht-fantastik roman o‘rin olgan.
Kecha, 17:35 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 18,43 so‘mga pasayib, 11 806,97 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 17:27 IT
Ilon Mask robotlar odamlar sonidan ko‘p bo‘ladigan yangi davrni bashorat qildi
Shuningdek, Mask SI va robototexnika rivoji ishlab chiqarishni keskin oshirib, tovar va xizmatlar odamlar talabidan ortadigan davrni keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.
Kecha, 16:47 Iqtisodiyot
Markaziy bank yagona uy-joyni garovga olish bo‘yicha banklarga tavsiyalar berdi
Banklarga kredit ajratishda uy-joy qiymatiga emas, avvalo qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga e‘tibor qaratish tavsiya etildi.