Yaponiyaning “Japan Airlines” aviakompaniyasi samolyotlarga yonilg‘i quyish uchun eski narsalardan tayyorlangan bioyonilg‘idan foydalanishni boshladi, deya xabar beriladi kompaniyaning rasmiy saytida.

Kompaniya allaqachon Tokio aeroportidan Fukuokaga yo‘lovchilar bilan birinchi reysni amalga oshirganini ta’kidlamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, aviakompaniya yana bir yapon kompaniyasi bilan birgalikda odatdagi aviatsiya yonilg‘isiga qaraganda ancha kam emissiya ishlab chiqaradigan muqobil energiya manbasini yaratish uchun hamkorlik qilgan.

Ta’kidlanishicha, kompaniyalar 250 ming dona eski kiyim-kechak bilan paxta ishlab chiqarishni boshlashgan. So‘ngra fermentatsiya va boshqa jarayonlardan foydalanib, yakuniy mahsulotni ishlab chiqarishgan — bu xalqaro standartlarga javob beradigan birinchi yapon bioreaktiv yonilg‘isi bo‘lgan.

“Japan Airlines” vakili Matsuo Tomokoning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Yaponiyada bioyonilg‘i bilan barqaror ta’minlash uchun mahalliy kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatmoqchi.