USM Telekom va MegaFon O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotganligi va O‘zbekiston hukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirishni rejalashtirayotganligi haqida Spot xabar bergan edi.

Rossiya operatorlarining achinarli tajribasi

Rossiyaning ko’plab yirik operatorlari uchun O’zbekiston bozoriga kirish qiyinchiliklarni yuzga keltirdi.

Veon (“ВымпелКома” bosh kompaniyasi, “Beeline” brendi ostida xizmat ko’rsatadi) va МТС, Amerika birjalarida savdo olib boruvchi bu kompaniyalar O’zbekiston Adliya vazirligi va AQSh Qimmatli qog’ozlar va birjalar bo’yicha komissiyasi (SEC) tomonidan korrupsiyaga qarshi olib borilgan tekshiruv ishtirokchilariga aylangan.

Izlanishlar bu ishda Telia Company AB shved kompaniyasini (TeliaSonera) Gulnora Karimova bilan bog’liq korrupsion to’lov tizimlarida aloqador deb topildi.

Tekshiruvlar so’ngida kompaniyalar xalqaro regulyator orqali shartnoma imzolashdi. Unga ko’ra: Veon — $795 mln, Telia — $965 mln, МТС — $850 mln miqdorda jarima to’lashdi.

Ular orasidan Veon Ucell kompaniyasi sifatida O’zbekistonda hali ham ishlamoqda. 2018-yilning oxirida u $215 mln miqdordagi aktivni sotish haqida e’lon bergan.

Alisher Usmonov tufayli “МегаФон” bilan barchasi boshqacha bo’lishi mumkin

“Ренессанс Капитала” tahlilchisi Aleksandr Vengranovich “МегаФон"ning o’zbek bozoriga kirib kelishi g’oyasi hukumatdan chiqqan bo’lishi mumkin deya tahmin qilmoqda.

“Ular chet el davlatlari bilan faol aloqa qilishga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va telekommunikatsiya bozorini rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Balki, ularda zarurat borligi uchun Rossiyalik hamkorni taklif qilishgandir”, — deydi u.

Uning ta’kidlashicha, O’zbekistonda telekommunikatsiya bozori katta va operatorlar uchun juda qiziq, ammo boshqa tomondan “ancha yopiq va raqobatga ega emas”.

Veon mahalliy bozorning o’ziga xos xususiyatlari tufayli daromad va bozor ulushini yo’qotmoqda. Chunki chet el kompaniyalari uchun bundan sharoitda ishlash qiyin.

Shundan kelib chiqib, USM boshqa operatorlarga qaraganda O’zbekistonda erkinroq ishlaydi — chunki “asosiy aksioner bu bozorning o’ziga xosliklarini yaxshi biladi”.

“Уралсиб” moliyaviy korporatsiyasi katta tahlilchisi Konstantin Belov fikriga ko’ra, operatorlar qiyin vaziyat bo’lishiga qaramay O’zbekiston bozoriga chiqishga qiziqish bildirishmoqda.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya bozorida operatorlarda an’anaviy o’sish uchun deyarli imkoniyat mavjud emas, chunki aloqa xizmatlarining kirib borishi juda yuqori, raqobat esa kuchli.

“Operatorlar yangi texnologiyalarga, ma’lumotlar uzatish sohasidagi o’sib borayotgan talabni qondirishga va yangi me’yoriy tartiblarni bajarishga sarmoya kiritmoqdalar. Bundan holatda esa iste’molchilar harajatlar ko’payishini istamaydilar. Daromadlar kamayib, investitsiya harajatlari oshib borayotgan holatda ular biznesni kengaytirish uchun yangi bozorlarni izlashadi” — ta’kidlaydi Belov.

Райффайзенбанк xodimi Sergey Libin yangi kompaniya nafaqat aloqa xizmatlari, balki mintaqada hali o’z o’rnini egallamagan boshqa raqamli xizmatlar bilan ham shug’ullanadi, deya ma’lumot bermoqda.

“Yirik raqobatchilarning yo’qligini hisobga olsak, Digital Holding yetakchi o’rinlarni egallashi mumkin”, — tahmin qildi u.

Tahlilchining fikriga ko’ra, qo’shma korxona orqali O’zbekistonga kirish, biznes bo’limlarini hududlar bo’yicha farqlashga imkon beradi, masalan, “МегаФон” mamlakatda Ucell savdo belgisi ostida xizmatlar ko’rsatishi mumkin.