Toshkent shahrida joylashgan va ofis uchun mo’ljallangan bino sotuvga qo’yildi. Lot Mirobod tumani Majburiy ijro byurosi tomonidan e-auksionga joylashtiligan.

Bino 4 qavatli bo’lib, 51 xonadan tashkil topgan. Unda elektr, gaz, suv va kanalizatsiya ta’minoti tizimlari mavjud.

Uchastkaning umumiy maydoni — 0.05 ga, binoning maydoni — 1932 kv.m, foydali maydoni — 1490 kv.m ni tashkil etadi.

Lotning boshlang’ich narxi 17,5 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lib, 25 mlrd so’mga baholangan.

Arizalar 9 martgacha qa’bul qilinib, 11 martda auksion o’tkaziladi.

Avvalroq Spot auksionda boshlang’ich narxi 1 so’m bo’lgan bino haqida yozgan edi.