BMT Taraqqiyot Dasturi va Jahon Savdo Markazi Markaziy Osiyoda birinchi savdo axborot portalini ishga tushirdi. Bu haqida manbalarga asoslanib “Dunyo” AA xabar beradi.

Central Asia Trade Intelligence (CATI) portali foydalanuvchilarga muhim savdo ma’lumotlarini taqdim etish orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarining eksport salohiyatini va mintaqaviy integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan onlayn vosita hisoblanadi.

Resurs Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekiston, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi savdo statistikasi, tariflari, eksport va import va ishbilarmonlik aloqalariga qo’yiladigan talablarning yagona axborot bazasini aks ettiradi.

Ijodkorlarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar mahsulot sifatiga bo’lgan talablar to’g’risida ma’lumot olishlari mumkin.

Portal eksportchilar, importchilar, investorlar, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biznes va savdoni qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlarga biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini samarali izlash imkoniyatini beradi.