YaIDXP orqali “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati yana ishlaydi. Bu haqida agentlik xizmati xabar beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 182-son qaroriga ko‘ra jarayon qayta ko‘rib chiqildi.
Unga muvofiq har yili davlat byudjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan endilikda Yagona portal orqali ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushiriladi.
2 mart 2021, 15:11
Iqtisodiyot
Ipoteka krediti uchun subsidiya olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushiriladi
Arizalarni Yagona portal orqali amalga oshirish mumkin.
Foto: Spot
«Spot»
- 1 814
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 15:12 Iqtisodiyot
Hafta yakuni: ochilayotgan metan “zapravka"lar, Toshkentning yangi dizayn-kodi hamda Grin-karta uchun yangi talablar
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
14 mart 2026, 20:55 Biznes
Toshkentda bekatlardagi savdo do‘konlari buzilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish taklif qilindi
NNTlar tadbirkorlarga kompensatsiya to‘lash tartibini birgalikda ishlab chiqishga chaqirmoqda.
14 mart 2026, 19:23 Iqtisodiyot
Toshkent yomon transport tizimi tufayli yiliga $343 mln yo‘qotmoqda
Muammolar orasida tengsizlikning o‘sishi, avariyalar, tirbandliklar, ekologik muammolar va jamoat transporti jozibadorligining pastligi bor.
14 mart 2026, 18:11 Transport
1
“Yomg‘ir va qorda ham ishlaydi”: Qamchiq dovonidan o‘tuvchi $3,66 mlrdlik pulli yo‘l haqida nimalar ma’lum?
Loyihaga Fransiya, Turkiya va Xitoy kompaniyalari qiziqish bildirmoqda. Tender jarayonlari yakunlanmoqda.
14 mart 2026, 15:19 Biznes
“Qonun loyihasi tayyor”. O‘zbekistonda norasmiy bandlik uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda
Bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi ish beruvchilarga nisbatan javobgarlik choralarini nazarda tutadi, hujjatni Qonunchilik palatasiga kiritish ko‘zda tutilgan.
14 mart 2026, 10:57 Energetika
Bugun metan “zapravka"lar qaysi vaqtda ishlashi ma’lum qilindi
14-mart kuni AGTKSHlar soat 12:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Farg‘ona vodiysidagi shoxobchalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
14 mart 2026, 10:18 Transport
Toshkentda avtobus yo‘laklari to‘siqlar bilan ajratiladi
Bu orqali A tasmali yo‘laklar aniq belgilanib, boshqa avtomobillarning unda harakatlanishining oldi olinadi.
14 mart 2026, 09:33 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 18 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.