Navro’z bayrami munosabati bilan 2021-yilning 21−23 mart kunlarida chegirmalar mavjud:

  • Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941−1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan — 50%;
  • Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalari — 15%;
  • Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) — 15%;
  • Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq — yo‘riqnoma asosida) — 15%;
  • “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga — 10%.

Eslatma: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chipta larda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.