“O'zstandart” agentligi ichki bozorni himoya qilish maqsadida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sifatsiz va xavfli deb tan olingan mahsulotlar ro’yxatini e’lon qildi. Bu haqida “O'zA” agentligi xabar beradi.

Shuningdek, iste’molchilarga sifatsiz mahsulotlar to’g’risida tezkor ma’lumotlarni taqdim etish uchun maxsus axborot tizimini control.standart.uz — elektron portalini ishga tushirdi.

Bugungi kunga qadar portalda 876 turdagi mahsulotlarning nomlari mavjud bo’lib, ularni mamlakatimizga olib kirish taqiqlangan. Bunga 77 turdagi elektr jihozlari, 26 turdagi yoritish moslamalari, bolalarni parvarish qilish uchun 35 ta buyumlar, 171 turdagi o’yinchoqlar, 24 turdagi zargarlik buyumlari, 43 turdagi kosmetika va boshqa mahsulotlar kiradi.