2021 yilning fevral oyida ichki valyuta bozoridagi operasiyalarning umumiy hajmi 1,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 4 foizga o’sdi. Bu haqida Markaziy bank tomonidan berilgan hisobotda ta’kidlab o’tildi.

Shuningdek hisobotda ichki valyuta bozori segmentlarida chet el valyutasiga bo’lgan talabga o’zgarishlar statistikasi taqdim etildi.

Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan valyuta operasiyalari:

Ichki bozorda xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi $1,2 mlrdni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 28% o’sdi. Bunga ko’ra, xo’jalik yurituvchi korxona tomonidan $665 mln miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan. Banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori $494 mlnni tashkil etdi.

Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operasiyalar:

Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori $527 mlnni, sotib olish hajmi esa, $307 mlnni tashkil etdi. O’z navbatida, jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga bo’lgan taklifi talabga nisbatan $220 mlnga ko’p miqdorda shakllandi.

Avvalroq Spot yanvar oyida tijorat banklar qancha foyda ko’rgani haqida yozgan edi.