Yanvar oyida O’zbekistondagi tijorat banklari 824 mlrd so’m sof foydaga erishgan. Bu o’tgan yil nisbatiga ko’ra 58 foizga ko’pdir. Bu haqida Markaziy bank rasmiy sayti xabar beradi.

Regulyator ma’lumotlariga ko’ra, yanvar oyida banklarning foizli daromadi 3,6 trillion so’mni tashkil qildi (o'tgan yilga nisbatan 34 foizga ko’p). Ushbu toifadagi xarajatlar 2,26 trillion so’m (38% ga ko’paydi) darajasida shakllandi. Shuningdek, o’tgan yilgi 1,05 trillion so’mga nisbatan foiz marjasi joriy yilda 1,35 trillion so’mga yetdi.

Soliqlardan olingan sof foyda 957 milliardni tashkil etdi va daromad solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar 133 milliard so’m bo’ldi.

Avvalroq Spot, Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan oltin zaxirasi haqidagi ma’lumotlarni yoritgan edi.